Blog

In the Name of God, the Most Beneficent and the Most Merciful

Reciprocal Imposition

What is a reciprocal imposition?

As I prepare for my talk at a German university in October of 2022, something came to my mind this morning (September 14, 2022). My presentation is about a 10th century Muslim theologian from Samarkand – Abu Mansur al-Maturidi al-Samarqandi, known as Maturidi. I analyze Muaturidi’s views based on humanistic principles such as human equality, human freedom, and human potential. This is to say, I examine whether Maturidi thinks human beings as equal, particularly women, and non-Muslims. I also investigate whether he believes that human beings possess ability to act freely and have capacity to achieve their potential. I read his Qur’anic exegetical work called Ta’wilat al-Qur’an (Qur’anic interpretations), and his other works such as Kitab al-Tawhid (The Book of Unicity) in Arabic and secondary sources about him and his works in Uzbek, English, Persian and at times in Russian and French.  

I usually get questioned at conferences or at my ‘job talks’ why in the world I am imposing current principles onto the past. This is a legitimate question. However, what we need to ask first is: Why are we bringing ideas from the past to the present? In other words, currently one can find numerous scholarly books and articles on why Maturidi is the best thinker with ideas and a doctrine about human intellectual actualization, that can be applied to our present time. This is to say, if we are going to bring something – an idea or anything else – from the past to apply in the present, we should have every right to measure those ideas with today’s standards. This is what I mean by a reciprocal imposition. If we are bringing Maturidi’s ideas for application in our present time, we should measure his ideas based on today’s standards. Afterall, the ones who are alive own the present. For that reason, we should not hesitate to question the ideas from the past based on the current standards. In a similar manner, our present ideas become ideas of the past one day, and their applicability become contingent upon the people of the future, who will be alive.

Muslims are encouraged to have diverse views

God says in the Qur’an to the Prophet Muhammad (SAW): “Remind them as you are a reminder. You are not their ruler (Q88: 21-22).” This means that human beings are free to do what they want, and prophets do not rule them; prophets are there to bring messages and remind people of those messages. If a prophet, with a high status, is not a ruler, no other human can be a ruler to someone else. This is to say, the human freedom to express views is guaranteed by the Qur’an.

And diversity of views is of paramount importance for any civilization, society, and community.  Bruce Mazlish (2005), the author of the book called Contents of Civilization,writes that civilizations develop when they incorporate diverse views and welcome ideas from external sources. Conversely, civilizations collapse when they become self-conceited or become too haughty to accept ideas from external sources. Mazlish provides examples of how empires collapsed specifically because they closed themselves to ideas from ‘outsiders.’ The same can be said about the decline of Islamic civilizations because of ‘cleansing’ from external ideas such as Greek philosophy, or Christian and Jewish juxtapositions. Today some Muslims even become suspicious to talk about other religions or ideas external traditions.

What is remarkable about Maturidi is that he speaks his mind based on his time and place, and most of what he says are useful in our present time (more on it in my next blog, in sha’Allah). The key word that distinguishes Maturidi’s doctrine based on his Qura’nic interpretations is possibilities (I am not quoting President Biden here). If you read his Ta’wilat al-Qur’an, you will see yourself. In other words, if some Central Asian interpreters of the Qur’an give one meaning to the verse, he offers several possibilities or ways to understand that verse. It is important to note that he bends some Qur’anic verses to fit them to his argument based on his time and place and based on whom he is engaging in debates or rebuttals. Especially, his views about non-Muslims usually are not very different from what we hear from puritanical Muslims. However, the way he critically approaches Islamic theological, legal, and philosophical matters are of use today, not only according to many scholars both academic and non-academic.

Final thoughts

Scholar’s job is to construct something physical, such as a book or an article, after ruminating metaphysically in an intellectual world based on what he or she read, heard, saw, observed etc. The process is not straightforward like making a cake or a car. This is to say, ideas are also ‘materials,’ and we see how they function from Putin’s war in Ukraine to the concept of ‘fake news.’ Ideas are loaded and occupy our intellectual space and sometimes cause severe problems. Questioning them and thinking about them, especially when it comes to matters of ideas or ideologies, are crucial.

Finally, I was born in the time of the Soviet regime and went to school until I was 15 years old. One thing I remember from my Soviet education is that we always had one answer to one question; it is like a communist standard. What my American education taught me is that there is never one answer to one question – there are always possibilities. This is exactly why American needs democrats, republicans, independents, etc. so that possibilities do not end. This is the bedrock of American endurance; without it, the US will become like any other empire.

Thank you so much for reading my blog!

Dr. Rahimjon Abdugafurov PhD

Bismillahir Rohmanir Rohim

Ibodat Xalovati

Bomdod namoziga uyg’onib, tahorat yoki g’usl qilib, bomdod namozini shoshilmay, har bir o’qiyotgan Qur’on oyatlarini yurakdan aytib, Allohga yaqinlashib, ibodat qilib, so’ngra Qur’ondan kamida ikki saxifa o’qib, undan keyin Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sallolohu alayhi wasallamga 33 marta “Allohumma Solli ‘ala sayyidina Muhammad” deb, so’ngra yangi kunimni boshlasam, o’zimni eng baxtli inson deb xis qilaman. Jaynomoz ustida, Qur’on tilovatidan so’ng, Allohga duolar qilaman, faqat O’zidangina madad kutishimni, O’zigagina ishonishimni, Undan o’zgaga ishonmasligimni, U mening yaqin zotim, ishonganim, muhabbatimni berganim ekanligini chin dililmdan xis qilaman va izhor qilaman.

Baqara surasining 198-oyatida “Sizga o`z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo`qdir,” deb aytadi Alloh Taolo bizga. Bu oyatdan tushunishimiz mumkinki, biz Allohdan fazl ya’ni yaxshiliklar, ezguliklarni tilab duo qilishimiz mumkin. Allohning buyukligini xis qilish, men oddiy, ojiz, milliardlab yer yuzida yurgan insonlarni biri xolos ekanligimni xis qilishim, Allohni esa qudratli va rahmdilligini bilishim, bergan rizqi uchun shukr qilishim, har bir nafas olib turganim, tirikligim uchun Allohga hamd sanolar aytishim, Allohning yana bergan yangi kunida yaxshi amallar va ibodatlar qilishga kirishishim ham ibodat.

Bahauddin Naqshbandi “Qalbing Alloh bilan, qo’ling ish bilan bo’lsin” deganlar. Qalbning Alloh bilan bo’lishi bu zikr bilan bo’lsa, qo’lning halol mehnatda, ishda, kasbda bo’lishi meni harom ishlardan halol bo’lmagan molu dunyodan uzoq qiladi. Allohni qalbimda saqlashim menga shayton alayhi la’naning hujumiga javob qaytarishimni yengillashtiradi. Shayton meni ichimga kirib olib qanchalik gunoh qilishga chaqirmasin, Alloh doimo meni ko’rib turganini, oldimda turganini xis qilib tursam, nafsim va shayton xiylalariga javob berishimda qo’l keladi.

Shuning uchun ulamolar, “Allohga U zot seni ko’rib turganini xis qilib ibodat qil,” deyishgan. Qof surasining 16- oyatida “Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz,” deb aytadi Alloh Taolo. Bu oyatda inson ichida har xil ovozlarni tinmay kelib turishiga ishora bor. Undan tashqari ushbu oyatda Alloh Taolo insonga jon tomiri yoki bo’yin tomiridan ham yaqinroq ekanligiga ishora bor. Ho’sh, bundan qanaqa xulosa chiqarish mumkin? Bundan xulosa shuki, Alloh Taolo biz ibodat qilayotganimizda, yaxshi amallar qilayotganimizda yoki gunoh qilayotganimizda ham hamma hammasini ko’rib bilib turibdi degani. Yana, bu oyat biz Allohga doimo yaqin bo’la olishimiz, tavba qilib, unga qaytishimiz, gunohlarimiz uchun istig’for aytib, unga duolar qilishimiz mumkinligiga ishora qiladi.

Alloh Taolo hammamizni O’zi tog’ri yo’lga hidoyat qilsin, U O’zi ishlarimizda madad bersin, chiroyli amallar va ibodatlar qilishimizni nasib etsin. Alloh Sen bizni ko’rib turibsan, Sen bizga yaqinsan, O’zing bizni u dunyo va bu dunyoyimizni obod et. O’zingagina ishonamiz va O’zingdangina madad so’raymiz. Omiyn.

Bismillahir Rohmanir Rohim

Go’zallik va Qabohat

Inson tabiati shundayki, unda go’zallik va qabohat doim birga yurganday. Inson albatta go’zal yoki qabih ishlarni tanlash imkoniyatiga ega, va Alloh taolo har bir insonga ikhtiyorni bergan. Ulamolar aytishadiki, qiyomat kunida bizning qilgan savob amallarimiz go’zal bir inson misolida ko’rinar, qilgan gunohlarimiz esa qabih va xunuk bir inson misolida gavdalanar eka. Men bugungi suxbatimizda oz’im go’zal ishlardan deb bilgan – Islom dini bo’yicha ilm berish, bilganlarini o’rgatish haqida yozmoqchiman.

Biz O’zbekistonlik muslim va muslimalar asosan Hanafi mazhabidamiz. Ushbu mazhabda diniy ilm berish, imomlik qilish uchun haq olish, ya’ni pul olish taqiqlanadi. Avvaldan bizdagi har bir ulamo yoki imom o’zining alohida kasbiga ega bo’lgan va rizqini diniy ilm berib yoki imomlik qilib emas boshqa kasbidan topgan. Xo’sh buning hikmati nimada? Menimcha, buning birinchi hikmati, shunday ulamolar va imomlarning xalq orasida bo’lishlariga erishish bo’lgan. Ular oddiy kasblar qilib, masalan etikdo’zlik yoki dexqonchilik qilib xalq orasida yurib, yashash qanday, narx navolar, yoki qaysi hokim xalqqa madad beryapti va qaysi hokim xalqqa zulm qilayotganini bilib turishgan va hukmdorlarni ogoh qila olishgan. Ular xalqdan uzilib qolishmagan.

Ulamolar va imomlarning diniy ta’lim berish va imomlik qilishlariga haq olmasliklariga ikkinchi sabab, diniy ilmni o’zini buzmasliklari bo’lgan. Qanday qilib diniy ilmni buzish mumkin? Ulamo yoki imom diniy bilimni berish jarayonida o’z manfa’atini o’ylasa, u ko’proq odamlar to’plab, ko’proq pul yig’a olsa, shunday ulamo yoki imom endi asl diniy ilmni tarqatish emas, ko’proq pul topishi mumkin bo’lgan mavzularni tanlaydi. Asl diniy ilm berish qolib, ilmni buzishga tushadi.

G’shiya surasining 21oyatida, Alloh Taolo payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallamga “Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan” deydi. Huddi shu suraning 22-oyatida: “Sen ularning ustidan hukmingni o`tkazuvchi emassan,” deb aytadi. Bu oyatlardan ikki narsani xulosa qilish mumkin. Ulamolar va imomlarning eng katta vazifasi bizlarga eslatib turish, diniy ta’limni asli va sofligicha yetqazish. Ikkinchisi, Alloh taoloning bizga bergan ixtiyor sifatiga bog’liq. Ya’ni, hech kimni xatto payg’ambarlarning ham hukm o’tqazishga haqqi yo’q boshqalar ustidan. Sababi, Alloh taoloning bizga bergan ixtiyori bilan biz go’zal amallarni tanlash ixtiyoridan mahrum qilinmasligimiz kerak. Shu bilan birga, biz bir birimizga savobli amallar qilib, go’zallikka chorlashimiz mumkin. Wallahu a’lam bis-sawab.

Bismillahir Rohmanir Rohim

Ahvollaringiz yaxshimi?

Alloh sizni va bizni to’g’ri yo’lga boshlasin, va hamisha madadkorimiz bo’lsin. Orada bir oz tanaffusdan keyin sizga bugun hol va ahvol haqida gapirishga qoror qildim. Biz o’zbek tilida bir bimimizni ko’rganimizda “Ahvollaringiz yaxshimi?” yoki “hol ahvol so’ray dedim,” kabi iboralarni ishlatamiz. Bu iboralar arab tilidan kelib chiqqan bo’lib, insonning bir nech holatlarda bo’lishiga ishora qiladi. Bu holatlarni ba’zi ulamolar jismoniy, aqliy va ruhiy yoki ma’naviy holatlarga bo’lishadi.

Ba’zan biz sport bilan shug’ullangimiz, yoki lazzatli bir taom yegimiz keladi. Bu bizning vujudimizni jismoniy holatda turganini bildiradi. Ba’zan esa, kitob o’qib bir narsa o’rgangimiz, aqlimizni ishlatib, ma’lum masalada chuqur fikrlashni hoxlaymiz, ya’ni aqliy holatga ko’chamiz. Yana boshqa bir holatda joynamoz ustida uzoqroq vaqt qolib, Allohga hamd sanolar aytib, zikr qilib, Unga duo qilib, shukr va muhabbatimizni izhor qilishni hoxlaymiz, ya’ni ruhiy holatda bo’lamiz.

Bu uch holatlarimiz markazida esa qalbimiz turadi. Payghambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam inson qalbi sahrodagi bir buta shoxiga ilingan jun tolasiga o’xshaydi. Shunday jun tolasi shamolda harakatlanib jilganiday, inson qalbi ham o’zgaradi, deganlar. Shuning uchun qalbga tez tez dam berib turish kerak deb aytganlar. Ya’ni bu xadisda inson o’z qalbini birgina faoliyat bilan toliqtirib qo’ymasligiga ishora bor.

Biz jismoniy holatda bo’lganimizda nafsimizni idora qilishimiz zarur bo’ladi. Eng avvalo nafsni toat ibodatga egish, taqvo qilish, ya’ni halol ovqat iste’mol qilish, g’iybatdan tiyilish, kiyimlarimiz va o’zimizni tozza va pok saqlash, atrofimizda tartib intizomga ega bo’lish kabi ishlar bilan jismoniy holatimizni isloh qilamiz, yaxshilaymiz. Yana bir hadisda, Alloh go’zaldir va U go’zallikni sevadir deyiladi. Ya’ni go’zallikka biz o’zimiz va atorifimizni chiroyli qilish bilan ham erishishimiz mumkin.

Tavba surasining 108-oyatida: “Alloh poklanuvchilarni sevadir,” deb yozilgan. Yana shu suraning 112-oyatida: “Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro`za tutuvchilar, ruku’ qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mo`minlarga xushxabar ber!” deb aytadi Alloh.

Aqliy holatda esa, Alloh taolo bergan ne’matlarga shukr qilamiz, ular haqida tafakkur qilamiz va isrof qilmasdan, har bir ishimizda aqlimizni qo’llaymiz. Biroq aql ma’naviy yoki ruhiy holat kabi emas. Aqliy holatda inson dunyoligini yoki o’zini o’ylasa, ma’naviy va ruhiy holatida u Allohni o’ylaydi, unga o’z muhabbatini izhor qiladi. Allohga muhabbat izhor qilishning ming usuli bor huddi zikr kabi. Allohga eng go’zal muhabbatlardan biri Uni yakkaligini qalbda his qilish, unga shukr qilish, doimo zikrida bo’ishga urinish, undangina unim qilish va madad so’rash bilan izxor bo’ladi.

Inson agarda o’zi qaysi holatda turganini bila olsa, va o’zini bir holatdan ikkinchi holatga o’tqaza olsa, u komillikka yaqinlashgan bo’ladi. Masalan, o’z jaxlini yoki asabini to’la boshqara oladigan insonni oling, bunday shaxs ham o’z holatlarini tushunadi va shunga yarasha tadbir qila oladi. Demak, komil inson qanday holatda bo’lishidan qat’iy nazar o’zini idorsa qila oladi, ibodatlarini vaqtida ado etadi va turli holatlar o’rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam aytganlariday, qalbga dam berish bu muvozanatni saqlashga to’g’ri keladi.

Alloh hammamizni qabimizga Qur’onni nur qilib joylasin. Payg’ambarimiz sunnatlarini ko’nglimizga surur qilsin. Alloh ta’olo ikki dunyoyimizni obod etsin. Wallohu a’lam bis-sawab.

Bismillahir Rohmanir Rohim

Me’zon va Inson Tajribasi

Me’zon so’zini eshitganimizda odatda tarozi, muvozanat kabi ma’nolarni tushunishimiz mumkin. Bu so’z o’rta asrlar Musulmon olimlari kitoblarida vosita ma’nosini anglatgan. Masalan, men moliyaviy erkinlikka ega bo’lmoqchiman deylik. Bu ishimda ham menga ma’lum saxs yoki shaxlar me’zon yoki vosita bo’lib xizmat qilishi kerak bo’ladi. Albatta, men u me’zonimdan yoki me’zonlarimdan pul talab qilmayman aksincha ulardan aqliy va ruhiy namuna olaman, ta’sirlanaman, o’rganaman. Xatto ularni o’zlarini tutishlari, muomala madaniyatlaridan ta’sirlanaman, bilmagan xolatda ularga taqlid qilaman.

Xayotingizda eng ko’p muloqotda bo’ladigan 5ta insonni ruxatini qiling. Keyin ularga o’xshash qanday jihatlaringiz borligini taxlil qiling. Xatto sizning oylik daromadingiz ham o’sha odamlarga yaqin bo’lishi mumkin. Shuning uchun biz kimni o’zimizga yaqin tutishimizga juda ehtiyotkor bo’lishimiz lozim ekan, sababi ulardan biz ko’rgan va ko’rmagan ta’sirlar bizga o’tib borar ekan va aksincha bizdan ham ularga shunday ta’sirlar o’tarkan.

Men bu so’zim bilan o’zingizdan past darajadagi inson bilan muloqotda bo’lmang demoqchi emasman. Aksincha, men inson tajribasi haqida gapirmoqchiman. Inson tajribasi deganda, qanday qilib siz muloqot qilayotgan inson sizga ijobiy yoki salbiy ko’rinmas ta’sir o’tqazishi mumkinligini nazarda tutyapman. Siz bir inson bilan muloqotda bo’lib, ko’ngingiz ko’tarilishi yoki aksincha bo’lishi mumkin. Shuning uchun Baqara surasida 83-oyatida “odamlarga yaxshi gaplar ayting,” deb aytadi Alloh taolo. Demak odamlarga yaxshi so’z aytsak ham yaxshilik qilgan bo’lamiz. Ularga me’zonlik qilib yaxshi so’zlarimiz bilan ijobiy ta’sir qilamiz.

Bizning eng asosiy me’zonimiz Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi wasallam bo’ladilar! U zotning yuzlarida doim chiroyli tabassum bo’lgan ekan. Ko’rgan insonning ruhi ko’tarilib o’zini yaxshi xis qilar ekan. Shuning uchun, xalq orasidagi “yaxshilik qilolmasang, hech yo’q yaxshi so’z ayt, yuzingda tabassum bo’lsin” degan ibora Qur’oni Karim va Sunnatga to’g’ri keladi desak xato bo’lmaydi. Wallahu a’lam bis-sawab.

Bismillahir Rohmanir Rohim

Qalb Daftarimni Kavlama

Qalbim og’riganda, ruhim tushib, mahzunlik vujudimni egallaganda ba’zan Boborahim Mashrab xazratlarining g’azallarini o’qiyman. Xazratning Kavlama radifli g’azallari ayniqsa menga juda yoqadi. Undagi baytlardan birida u kishi yozadilar:

Har zamone Laylidin manga kitoblar kelur,

Sanki Majnun bo’lmasang, sardaftarimni kavlama.

Bu g’azalda xazrat Allohga bo’lgan ishqlari, Majnun kabi, ya’ni Alloh sevgisida aqlini yo’qotgan, faqat qalbi ishqi bilan yashayotganlariga ishora qiladir. Bu satr yana u kishini Allohni qanday tanishlariga ham ishora qiladi. Inson Allohni 2 yo’lda tanishi mumkin. Birinchi yo’l, Alloh yaratgan xilqatlarga qarab Uni tanish bo’lsa, ikkinchisi, Allohning o’zi nasib aylab inson qalbiga slogan muhabbati, ishqi tufayli Uni tanish. Ikkala usul uchun ham insondan jismoniy, aqliy va ruhiy tayyorgarlik talab qilinadi. Jismoniy tayyorgarlik, taqvo, namoz, poklik bo’lsa, aqliy tayyorgarlik Allohni tanish uchun ilm olish, ruhiy tayyorgarlik esa qalbda Alloh zikrini qo’ymaslik, unga shukr aytish bilan bo’ladi.

Xazrati Mashrab Alloh u kishing qalblariga Majnunniki kabi ishqni solib qo’ygani, va Allohdan u kishiga kitoblar, ya’ni belgilar kelib turishini aytadilar. Undan tashqari Mashrab ikkinchi satrda senda o’zingni unutish darajasida Allohga bo’lgan muhabbat bo’lmasa, ya’ni Majnun bo’lmasang, men oshig’imdan kelgan narsalarni yozgan sardaftarim, ya’ni bosh eng muhim daftarimni kavlama deb aytadilar. Alloh bizning ham qalbimizga shunday muhabbat solsin.

Yuqoridagi baytda Mashrab xazratlari bunday kitoblar va belgilar doim emas, ba’zan kelishi va Oshiqlaridan belgi kelmay qolganda azob chekishlarini aytadilar. Yana boshqa bir baytda Mashrab xazratlari muhim masalani ko’taradilar. Ya’ni Allohni bilmagan kishi, uning ishqida yonib, o’zini unutmagan odam haqiqiy ma’rifat ya’ni Allohni tanimagan odam ekanligiga ishora qiladilar:

Bahri rahmatga kirib qildim vujudimni ‘adam,

Ma’rifatdin bexabarsan, daftarimni kavlama.

Bahr bu dengiz yoki okean degani bo’lib, Xazrat bu yerda Allohning rahmati dengizida men o’z vujudimni yo’qotdim, ya’ni o’zimni emas faqat Allohni dedim, deb yozmoqdalar. Agar kishiki ma’rifatdan, ya’ni Allohni tanishdan uzoq bo’lsa u meni yozganlarimni uqimasin deb aytmoqdalar.

Shaykh Abdul-Qodir Jiloni, Futuh al-Ghayb kitoblarida inson tabiatiga ko’ra 3 turga bo’linadi deydilar. Birnichi turdagi insonlar faqat dunyolik bilan band bo’lganlar, ikkinchi toifa insonlar Alloh uchun emas jannat uchun ibodat qiladiganlar, uchinchi toifa insonlar esa Alloh uchun, uning roziligi uchun, unga yaqin bo’lish uchun, ibodat qiladigan insonlar bor deydilar. Xatto Kitab al-Sir asarlarida, ibodat bu Allohni bilish va tushunish deb aytadilar.

Bugungi suxbatimizning xulosasi shundayki, biz Allohni yakkaligi va buyukligini Uning yaratgan narsalariga qarab bilishni boshlashimiz mumkin. Eng oddiy misol, inson o’zidan boshlasa bo’ladi. Ko’rishimiz, gapirishimiz, fikrlashimiz, va boshqa qobiliyatlarimizning o’zi aslida buyuk ne’matlarku! Allohni zikr qilsak, va uni tanishga urinsak, U bizga ma’rifat, ya’ni uni sevishimiz uchun hidoyat va ishq ham beradi. Allohning rizoligi hammamizga nasib etsin; Biz uning rahmatidan hamisha umidvormiz. Noumid Shayton. Wallahu a’lam bis-sawab.

Bismilllahir Rohmanir Rohim

Muqarrabun – Yaqinlashtirilganlar

Voqea surasining 11-oyatida, “ulaa’ikal muqarrabun – ana o’shalar yaqinlashtirilganlar” degan ibora bor, ushbu surada yaqinlashtirilganlar qanday jannatda bo’lishlari haqida oyatlar kelgan. Ba’zi ulamolarimiz muqarrabun so’zini yaqin bo’lganlar deb tafsir qilishadi. Menimcha buni yaqinlashtirilganlar deb o’girish to’g’ri bo’ladi. Nega? Bilasizmi, siz o’zingiz bilan huddi boshqa kishi kabi muomala qilishingiz, boshqarishingiz, saodat sari yetaklashingiz, yoki aksini qilishingiz mumkin. Ya’ni Qur’onda juda ko’p o’rinlarda o’zlarini o’zlari aldash kabi mavzular bor. O’ylab ko’ring, ya’ni siz o’zningizni ham boshqalar kabi behurmat qilishngiz yoki o’zingiz bilan chiroyli muomalada bo’lishingiz mumkin. Buning uchun o’zingizni borligingizcha, xato kamchiliklaringiz, o’zingizcha o’lyadigan ayblaringiz bilan qabul qilishingiz kerak! Shundan so’ng, siz o’zingizni Allohga yaqinlashtira olasiz. Ya’ni, muqarrabun so’zidagi “yaqinlashtirish,” o’zingizni o’zingiz Allohga yaqinlashtirishingiz haqida. Payghambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam bir hadisda: “Uch marta fatwo so’rang, so’ngra qalbingizga quloq soling deganlar.” Ya’ni siz hamma narsani qalbingizda sezib turasiz! Abu Mansur al-Maturidi ham “siz vaqtingiz va joyingizdan kelib chiqib qaror qiling,” deganlar Kitab al-Tawhid asarlarida.

Ho’sh, bizni nima Allohga yaqinlashtiradi? Payghambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallam, “kim senga o’zini yaqinlashtirsa, o’sha sening yaqining,” deganlar. Bundan chiqadigan oddiy xulosa shuki, kim Allohga o’zini, aslini bilgan holda yaqinlashtirsa, u yaqinlashtirilganlardan bo’ladi.

Baqara surasining 152-oyatida: “Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz,” degan jumlalar bor. Alloh bizga meni eslangiz deb aytadi. Arab tilida eslash, zikr so’zi bilan anglatiladi. Ya’ni, bizni Alloh Uni zikr qilganimizda eslaydi. Zikrni ming usuli bor. Ulamolar hatto kitoblar yozishgan zikr haqida. Lekin zikrning eng yaxshisi, Alloh nomini qalbda tutish va ulughlash. Otam rahmatli, o’rnilaridan tursalar ham, biror yuk ko’tarsalar ham, “Yo Olloh,” derdilar. Mana shu ham zikr. Biz al-hamdu lillah, ya’ni barcha hamdlar ulughlashlar Allohga deb aytamiz, bu ham zikrga kiradi.

Zikrni qalb ko’zi bilan ko’rgan holda qilish, butun vujudimizda aytgan so’zimizni xis qilish o’zimizga ham orom baxsh etadi. Nafas olib turganimizning o’zi bir ne’matku aslida! Bu bizni Allohga yaqin bo’lishimiz, unga bo’lgan muhabbatimizni ko’paytirishga imkonku. Ich-ichimizdan, chin yurakdan: “Allohim, o’zing yakkasan, o’zing buyuksan, o’zinggagina ishonaman, sendangina madad so’rayman,” deb aytsak qalblarimiz orom oladi.

Yana Baqara surasidan keltirlgan oyatda Alloh va’da beradiki, agar meni eslasangiz, sizni eslayman deydi. Bilasiz albatta, Alloh muhabbatini bermasa, insonlaru xayvonlar emas, butun yer yuzi bir lahza turmaydi. Albatta, biz Allohga shukr qilamizki tirikmiz, unga ibodat qilamiz. Xo’sh shunday ekan “Alloh bizni allaqachon eslamayaptimi?” degan savol tug’ilishi mumkin. Egri ham to’g’ri ham Allohning rahmon sifati tufayli tirik yuribdi. Lekin, biz Allohni unutmasdan, uni eslasak, xayotimizda shunday o’zgarishlar yuz beradiki, buni cheki bo’lmaydi. Chunki Allohning karami keng, uning cheki yo’q.

Zikrlarning yana boshqa turlari, Laa ilaaha illalloh Muhammadur rasululloh. Ya’ni kalima’ni keltirib yurish. Qalbda Allohdan boshqa iloh yo’qligini xis qilish. Fotiha surasini o’qib, ma’nosini qalbda xis qilib yurish ham juda yaxshi zikrlardan. Wallohu a’lam bis-sawab.

Bismillahir Rohmanir Rohim

Sirpanish

Bugun tongda tush ko’rib uyghondim. Tushimda Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni ko’rdim. Bir bino ichida ekanmiz, tashqariga chiqayotib: “Men Mulla Buvakhonni nabirasiman, taniysizmi” desam, “Yo’q” deb ishora berdilar. “Mulla Yusufkhon hojinichi, u kishi dadamlar bo’ladilar” desam, yana “Yo’q” deb ishora berdilar. Tashqariga chiqdik, o’zim haqimda gapirishni boshladim, “5-yoshimdan arab tilini o’rganganman dadamlardan” dedim. Shunda, tashqaridagi yo’llar muzli, ehtiyot bo’lmasa sirpanib ketish mumkinligini ko’rdim. Shaykhimiz, bir oz sirpanib ketdilar, men yelkalaridan ushlab qoldim.

Atlanta O’zbek jamiyatida biz har ikki yakshanbada, ertalab soat 9 dan 10:15 gacha Qur’on saboqi o’tkazamiz. Kamina Alloh nasib qilganicha, qo’limdan kelgancha, Qur’ondan o’qib suxbat qilamiz. Bugun yakshanba 22-avgust kuni soat 9:50 boshqa ishim bor edi. Kecha, “darsni bu hafta qoldirsakmikan,” degan xayol kelgandi. Biz Qur’on darsida Shaykimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh rahmat qilsin u kishini) tafsirlaridan o’qiymiz. Shunga meni bugun bomdod namoziga uughotdilar deb o’yladim, “Qur’on saboghini qoldirmaymiz,” degan qarorga keldim.

Aslida, men bundan 3 yilcha avval bir soddagina xonadonda, Shaykhimiz va padari buzrukvorim bilan birga suxbat qilgandik, tushimda. Shaykh xontaxta to’risida o’ltirgan edilar. Menga, “endi sizga ham o’zingizni kitoblaringizni yozish vaqti keldi,” dedilar. Men, “Hali tayyor emasman, o’qishim, o’rganishim kerak” dedim. Dadamlar, Alloh ularni rahmatiga olsin, “Menga, Shaykhimizga quloq sol,” dedilar.

Shaykimizni bugun tushimda ko’rib, mening Amrikada yashoyotgan xayotim, ishlarim, yo’lim qanchalik sirpanchiqligi yana bir marta xayolimga keldi. Aslida hammamizni xayot yo’limiz juda sirpanchiqli. Savob bilan gunoh o’rtasida bir sirpanish turadi.

Yana bir tushimni aytib bersam. Bu tushni 6 yilcha oldin ko’rgandim. Bir kenglikda turibman. O’rtada oq mato bilan o’ralgan bir kichgina chodir turibdi. Ichidan shamga o’xshash nur taralayapti. Qalbim, chodirdagi shaxs Payghambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vassallamligini sezib turibdi. Shu vaqt oldimga elchi keldi. Elchini yuzi ko’rinmas, o’zi ham deyarli ko’rinmas, lekin ovozi aniq tiniq eshitilib turardi. U ovoz menga: “Payghambarimiz senga: “Taqvo, husni khulq, va tadbir,” dedilar” deb aytdi. Men bu ovozga: “Bu so’zlar nima degani Payghambarimizdan so’rab oydinlik kiritib bering,” dedim. U ovoz chodir tomon yo’llandi va tezda qaytib: “bu so’zlarning ma’nolarini o’zi biladi,” deb aytdilar” dedi.

Men shundan so’ng, qachonki xayotimda taqvoga, husni khulqqa, va tadbirga ega bo’lsam, shundan so’ng chodir ichiga, pardani ko’tarib, Payghambarimiz Muhammad Mustafo Sollolohu alayhim wassalamning o’zlari bilan yuzma-yuz ko’risha olar ekanman degan xulosaga keldim. Wallohu a’lam bis-sawab.

Bismillahir Rohmanir Rohim

Asfaltagi Pomidor

Bugungi sarlavxadan ajablangandirsiz balki. Bugun sizga aytmoqchi bo’lgan gaplarim uchun ushbu timsol mos keladiganga o’xshadi. Tasavvur qiling, yaqinlaringizdan biri qandaydir nomaqbul ishga qo’l uradi. Aroq ichadi, yoki sigareta chekadi, va xokazo. Siz bu insonning shu ishlarni qilayotgani faqat uning o’zini aybi deb o’laysizmi? Yo’q, also. Buning negizida boshqa masalalar yotadi.

O’ylab ko’rsak, asfaltda pomidor o’sadimi? Yo’q, albatta. O’simlik o’sishi uchun yumshoq tuproq, suv, va mehr kerak. Inson ham shunday. Inson hox 1 yoshda, hox 100 yoshda bo’lsin, unga mehr, sevgi, e’tibor zarur. Ha, to’ghri topdingiz, yaqiningizni nomaqbul ishlar qilayotganiga faqat u sababchi emas. Uni xayoti uchun zarur narsalar yetishmayapati, natijada u o’zini o’zi kemiryapti.

Siz yaqiningizni kechiring, u qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiling, unga mehr muxabbat bering, chin dildan suxbatlashing! Uni qanchalik yaxshi ko’rishingiz, qadrlashingizni ayting! Yig’lasin, to’yib, to’yib yighlasin; yelkangizni bosh qo’yishi uchun bering. Allohdan, unga husni khulq, iymon tilab duo qiling. Ertalabda turib, jaynamoz ustida bilganicha ibodat qilib, Allohga dardlarini aytsin, insof so’rasin. Allohdan karami keng, marhamatli zot yo’qku axir. Butun yeru osmonlarni yaratgan Alloh hidoyatga chorlashga ham qodir.

Yosin surasida shunday oyatlar bor: “Osmonlaru yerni yaratgan Zot ularga o`xshashni yaratishga qodir emasmi?! Yo`q! U o`ta yaratguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir. Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo`l» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo`lur.” Allohni doim zikr qilish unga insonni yaqinlashtiradi. Allohni zikr qilmaslik, ibodat qilmaslik insonni Allohdan uzoqlashtirib nafs va Shaytonga yem qiladi.

Nafs go’yoki Shayton bilan til biriktirganday. Insonning eng oliy baxtlaridan biri ana o’sha nafsi Shayton bilan xiyla qilganda, hujumga o’tganda aniqlay olish. O’zini to’xtata bilish, idora qilish.

Navoiy xazratlari: “El netib bilsin menikim, men o’zimni topmasam,” degan baytlari bor. Bu baytda insonning o’sha Odam Ato va Momo Xavolar Shayton vasvasa qilmasdan avvalgi pok bo’lgan xolatini o’zligini kashf qila olish, hech bo’lmasa o’sha o’zlik tomon harakat qilish, o’sha o’zlikni bilish va tanish haqida. O’zligini bilgan tanigan kishi, nafsini ham biladi. Nafsni o’ldirib bo’lmaydi. Nafs insonning oxirgi nafasigacha u bilan birga. Uni faqat boshqarish va idora qilish mumkin.

Allohning inoyati bilan bizda iymon, aql, farosat, bor ekan o’zligimizni anglashimiz, nafsimizni idora qilishimiz mumkin. In sha Alloh, keyingi safar qanday qilib inson asl o’zligiga yaqinlashishi mumkinligi borasida suxbat qilamiz. Alloh bizni hammamizni hidoyatiga olsin! Wallahu A’lam bis-Sawab.

Abd al-Karīm al-Jīlī’s view about time (waqt)

Posted on by Dr. Rahimjon Abdugafurov

‘Abd al-Karīm al-Jīlī, a Sufi thinker of Iraq and Yemen, gives some recommendations to his readers about the value of time, time management, and how one can value it better. He writes in his work al-isfār ‘an risālat al-anwār the following: “One of the virtues in one’s Islamic (practices) is leaving (or not dealing with) what does not matter to you. As the time is a sharp sword, it will cut you if you do not cut (manage) it. The Sufi (the one on the path to be close to God) is the son of his time. The past cannot be returned.”

Jīlī’s accentuation on the importance of focusing on the present in the expression “the Sufi is the son of his time,” seems to resonate with Mātūrīdī’s emphasis on the time and place. Mātūrīdī famously opposed imitation (taqlīd) because trying to apply something from the past that does not fit the present time is illogical.

Dr. Rahimjon Abdugafurov is a scholar of Islam in Central Asia and Middle East.

Get new content delivered directly to your inbox.